To‘liq uydirma – Bayden Ukrainadagi “referendum”larni bir tiyinga chiqardi
Olam
−
30 Sentabr 2022 7962 1 daqiqa
Ukraina hududida o‘tkazilgan psevdoreferendumni “to‘liq uydirma” va Vashington Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga nisbatan hududiy da’volarini hech qachon tan olmaydi. Amerika Prezidenti Jo Bayden AQSH-Tinch okeani orollari sammiti chog‘ida shunday fikr bildirdi.
Baydenga ko‘ra, bu urushda Ukrainani doimo qo‘llab-quvvatlayotgan AQSH uchun mamlakatlar suvereniteti va hududiy yaxlitligi katta ahamiyatga ega.
“AQSH hech qachon Rossiyaning Ukraina suveren hududlariga da’volarini qabul qilmaydi. Bu referendum deb atalayotgan (ovoz berishlar – tahr.) to‘liq uydirma. Referendum natijalari Moskvada tuzilgan. Biz Ukraina xalqining haqiqiy irodasini xalqning o‘z mamlakati mustaqilligi uchun har kuni berayotgan qurbonliklariga qarab ko‘rishimiz mumkin”, deya ta’kidladi AQSH rahbari.
Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha bir tomonlama referendumlar 23–27 sentyabr kuni bir vaqtning o‘zida to‘rtta mintaqada –DXR, LXR, Xerson va Zaporoje viloyatlarida o‘tkazildi. Mintaqaviy saylov komissiyalari ma’lumotlariga ko‘ra, ovoz berganlarning aksariyati ushbu hududlarni Rossiya Federatsiyasi tarkibiga sub’ekt sifatida kiritish tarafdori bo‘lgan.
Bugun, 30 sentyabr kuni Moskvadagi Katta Kreml saroyida yangi hududlarni Rossiya tarkibiga qo‘shish to‘g‘risidagi shartnomani imzolash marosimi bo‘lib o‘tadi. Unda Prezident Vladimir Putin ham qatanashishi kutilmoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr