To‘xtash va to‘xtab turish qoidasini buzganlik uchun jarima qanchaga kamaytirilayotgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Avvalroq, transport vositalari haydovchilarining to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdori kamaytirilib, takroran sodir etilgan qoidabuzarliklar uchun jarima qo‘llash normalari chiqarilishi haqida xabar bergan edik.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yuqoridagi o‘zgartirishlarni kiritish tashabbusi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi a’zolari F.Ashmatov va K.Tojiyev tomonidan bildirilgan. Partiya rahbari Alisher Qodirov taklif qilinayotgan o‘zgarishlarni haqida ma’lumotlarni berib o‘tdi.

O‘zgarishlar quyidagilar:

Kodeksning 54-moddasida epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun belgilanadigan jarima bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 30 baravaridan (6,69 mln.so‘m) 20 baravarigacha (4,46 mln.so‘m) pasaytirilmoqda; 

128-moddaga 6-qo‘shimchada transport vositalari haydovchilarining to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini birinchi marta buzganlik uchun ko‘zda tutilgan BHMning 3 baravari (669,0 ming so‘m), yil davomida ikkinchi marta sodir etsa 5 baravari (1115,0 ming so‘m), takror sodir etsa 10 baravari (2230,0 ming so‘m), keyingilari 15 baravaridan (3345,0 ming so‘m) jarimalar zanjiri bekor qilinib, bitta jarimaga, ya’ni BHMning 2 baravari (446,0 ming so‘m) miqdoridagi jarimaga o‘zgartirilmoqda;
 
Kodeksning 137-moddasida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan joydan ketib qolganlik uchun BHMning 30 baravari (6690,0 mln.so‘m) miqdorida jarima yoki transport vositalarini boshqarish huquqidan 2 yil muddatga mahrum etish yoxud 15 sutkagacha qamoq jazosi ko‘zda tutilgan edi. Yangi normada jarima huquqbuzarlik darajasidan kelib chiqib uchta toifaga ajratiladi. Ya’ni, jiddiy oqibatlar bilan bog‘liq qoidabuzarlik joyidan ketib qolish uchun jarimalar shu miqdorda saqlanib qolinadi, nisbatan yengil oqibatlar bilan bog‘liq bo‘lsa BHMning 15 baravari miqdorida jarima va 1 yil muddatga transportni boshqarish xuquqidan mahrum qilinadi, jiddiy bo‘lmagan qoidabuzarlik joyidan ketib qolganlik uchun BHMning 3 baravari (669,0 ming so‘m) miqdorida jarima belgilanishi taklif qilinmoqda; 

141-moddada korxona va tashkilotlarga tegishli transportdan shaxsiy boylik orttirish maqsadida foydalanganlik uchun jarima BHMning 5 baravaridan (1115,0 mln.so‘m) 2 baravarigacha (446,0 ming so‘m) kamaytirilmoqda; 

147-moddada yo‘llar, yo‘l inshootlari, yo‘l harakatini tartibga soluvchi texnik vositalarga shikast yetkazish, ularni saqlash qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdori BHMning 3 baravaridan (669,0 mln.so‘m) 1 baravarigacha (223,0 ming so‘m) kamaytirilmoqda;

“Milliy tiklanish” DP jarimalar fuqarolarning daromadlari va yo‘llarda yaratilgan sharoitlarga mutanosib darajada belgilanishi tarafdori. Lekin, eng to‘g‘risi qoidalarga amal qilish orqali ehtimoliy jarimalardan saqlanish, mablag‘larni oilamiz daromadlarini orttirishga yo‘naltirishdir”, deb yozgan Alisher Qodirov taklif birinchi o‘qishda ma’qullanganini qo‘shimcha qilib.


Maqola muallifi

Teglar

jarima

Baholaganlar

418

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing