Tuxel 3-o‘rin uchun bahsda o‘ynashni istamasligini aytdi
Sport
−
16 iyul 5599 1 daqiqa
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Jahon chempionatida uchinchi o‘rin uchun o‘tkaziladigan bahs futbolchilar uchun orzu qilingan o‘yin emasligini va bu o‘yinda o‘ynash istagi yo‘qligini aytdi. Bu haqda Tuxel Argentinaga qarshi bahsdan keyingi matbuot anjumanida so‘z ochdi.
“Hech bir futbolchimiz, xuddi fransiyaliklar kabi, bu o‘yinda ishtirok etishni istamaydi. Hammaning orzusi — finalda o‘ynash. Biz finalga chiqish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qildik. Jahon chempionatiga kelgan har bir jamoa chempionlikni maqsad qiladi, ammo natija shunday bo‘ldi. Bizda Fransiyaga nisbatan bir kun kamroq dam olish imkoniyati bor, shunga qaramay, bu bahsga professional tarzda tayyorlanamiz”, deydi Angliya bosh murabbiyi.
Ma’lumot uchun, Angliya terma jamoasi joriy yilning 18 iyul kuni Mayami shahrida Fransiya bilan uchinchi o‘rin uchun bahs olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, Argentina yarim finalda Angliyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, ketma-ket ikkinchi marta Jahon chempionati finaliga yo‘l oldi. Endi argentinaliklar joriy yilning 19 iyul kuni Nyu-Jersida bo‘lib o‘tadigan finalda Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi.
Live
Barchasi