To‘qqiz nafar sudya vakolati muddati davriga qayta tayinlandi

Jamiyat

image

Kecha, 4 oktyabr kuni to‘qqiz nafar sudya vakolati muddati davriga qaytadan sudyalik lavozimiga tayinlandi. Sudyalar oliy kengashi yig‘ilishida shunday qaror qabul qilindi.

Muqobillik va ochiq tanlov shaklida o‘tgan tayinlov yakunlariga ko‘ra, qo‘yidagi sudyalarning ish joyi o‘zgaradigan bo‘ldi.

Sudyalar oliy kengashi qaroriga ko‘ra:

Odil Farxodovich Mannatov – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Sirdaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Sirdaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi.

Ibrohim Anarboyevich Qoraboyev – sudyalik vakolati muddati davriga Sirdaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Guliston shahar sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.

Farhod Farmonovich Xudoyberdiyev – sudyalik vakolati muddati davriga Samarqand viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudining raisi lavozimidan ozod qilindi.

G‘ayratjon Fazliddinovich Nig‘matov – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Bulung‘ur tuman sudining raisi lavozimidan ozod qilindi.

Suxrob Qurbonovich Hamroqulov – sudyalik vakolati muddati davriga Xorazm viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Xonqa tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Xorazm viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch shahar sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.

O‘tkir Usanovich Tojiyev – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Surxondaryo viloyati Sherobod tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati Sherobod tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.

Xanjar Ziyadillayevich Hakimov – sudyalik vakolati muddati davriga Surxondaryo viloyati Sherobod tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Surxondaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi.

Zoir Amanovich Rustamov – sudyalik vakolati muddati davriga Surxondaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati Denov tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimidan ozod qilindi.

Zokirjon Xolboyevich Tojiyev – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Surxondaryo viloyati Denov tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Surxondaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi.

Shuningdek:

G‘ayrat Abdujalilovich Mashkurov – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga;

Xolis Muxlisovich Muhammedov – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

sud'ya

Baholaganlar

79

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing