To‘qayevning sabri tugayapti. U hukumatga 2 hafta muhlat berdi

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev g‘alvirni suvdan ko‘tarib, hukumatning koronavirusga qarshi amalga oshirgani ishlarini sarhisob qila boshladi. U vazirlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni aniqlash uchun maxsus komissiya tuzishga ko‘rsatma berdi.

U xorijiy sheriklardan insonparvarlik yordami mutaxassislar kelib turganini aytib, ulardan samarali foydalanilayotganiga shubha bildirdi.

Bundan tashqari, To‘qayev hukumatga mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni o‘nglash uchun 2 hafta muhlat berdi. Prezident agar vaziyat o‘zgarmasa, hukumat iste’fosi masalasi ko‘tarilishini qo‘shimcha qildi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda 54 mingdan ortiq odam koronavirusga chalingan.

Iyunda kasallik tarqalishi avjiga chiqqani sababli sog‘liqni saqlash tizimiga bosim ortib ketdi – shifoxonalar to‘lib, dorixonalarda dorilar qolmadi. Ko‘plab qozog‘istonliklar uyda davolanishga majbur bo‘lyapti.

Shu sababli, rasmiy Nur-Sulton Rossiyadan yordam so‘radi. 6 iyul kuni Nur-Sulton va Olma-otaga rossiyalik mutaxassislar yetib keldi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Qozog'istonda Qosim-Jomart To'qeav

Baholaganlar

1076

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing