To‘qayevni o‘ldirmoqchi bo‘lgan xorijiy razvedka agentining shaxsi ochiqlandi

Olam

image

Xabaringiz bor, Qozog‘iston maxsus xizmatlari Prezident Qosim-Jomart To‘qayevga suiqasd uyushtirmoqchi bo‘lgan xorijiy razvedka agentini qo‘lga olgan edi. Milliy xavfsizlik qo‘mitasi suiqasdni tayyorlagan shaxsning ismini oshkor qildi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.

“Milliy xavfsizlik qo‘mitasi Qozog‘iston Prezidentiga suiqasdni tayyorlagan shaxsning ismini oshkor qildi. Bu sobiq jurnalist Ayan Atigayev bo‘lib chiqdi. U xorijiy agent bo‘lgan”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, MHQ tomonidan Ayan Atigayevga nisbatan Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 24-moddasi 1-qismi va 255-moddasi 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatlar bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Birinchi moddada mol-mulki musodara qilingan holda 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, Qozog‘iston Respublikasi fuqaroligidan mahrum qilish yoki undan mahrum qilish sharti bilan umrbod qamoq jazosi nazarda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 mart kuni Nur-Sulton shahrida MXQ kontrrazvedkasi Qozog‘iston Prezidentiga va bir qator yuqori martabali davlat xizmatchilariga suiqasd uyushtirishni rejalashtirayotgan xorijiy razvedka agenti, Qozog‘iston fuqarosini qo‘lga oldi. U maxsus va huquq-tartibot idoralari xodimlariga qarshi terrorchilik harakatlarini amalga oshirishni rejalashtirgan.

Ayan Atigayevdan xorijda ishlab chiqarilgan snayper miltig‘i ovoz o‘chirgichi, giyohvand moddalar va katta miqdorda pul topilgan. Bundan tashqari, u ijtimoiy tarmoqlarda tegishli materiallarni chop etish orqali Qozog‘istonda Rossiyaga qarshi tashviqotni targ‘ib qilish va jamiyatda rusofobik qarashlarni shakllantirish bo‘yicha vazifalarni ishlab chiqqan. Dastlabki tergov davomida Qozog‘iston fuqarosi yuqoridagi harakatlarni xorijiy davlat manfaatlarini ko‘zlab, ko‘rsatmalar asosida sodir etganini tan olgan.


Maqola muallifi

Teglar

suiqasd To'qaev

Baholaganlar

1394

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing