To‘qayev Yevropada Qur’on yoqilishini qoraladi

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Shimoliy Yevropaning bir qator davlatlarida Qur’on yoqib yuborilganini qoraladi. Bu haqda Qozog‘iston rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

To‘qayev muqaddas kitobni yoqish harakatlarini zamonaviy dunyoda keskinlikni kuchaytirish, xalqlar va davlatlar o‘rtasidagi ishonchga putur yetkazishga qaratilgan nomaqbul provokatsiya, deb hisoblashini aytgan.

Shuningdek, Qozog‘iston Jahon va an’anaviy dinlar yetakchilari qurultoyini chaqirish tashabbusini ilgari surgan. Rasmiy Ostona mazkur forum an’anaviy dinlar va konfessiyalarning nufuzli vakillari o‘rtasida samarali muloqot maydoniga aylanishiga umid bildirgan. 

Qozog‘iston Prezidentiga ko‘ra, diniy vandalizm va tegishli davlatlar fuqarolarining mas’uliyatsiz xatti-harakatlari ortayotgani davlatlar va dinlarning umume’tirof etilgan me’yorlariga zid xatti-harakatlari bir ovozdan qoralanishi kerak. To‘qayev BMT Bosh Assambleyasi mazkur voqealarga izoh berishi kerakligini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 iyun kuni Shvetsiyada politsiyasining ruxsati bilan aksiya o‘tkazilgan va unda Iroqdan kelgan 37 yoshli muhojir Salvan Momika Qur’on sahifalarini yirtib tashlab, uni yoqib yuborgandi. Bu harakat ko‘pchilik tomonidan, xususan, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ham qoralandi. Salvan Momika esa 20 iyul kuni yana Stokgolm politsiyasining ruxsati bilan Iroq elchixonasi yaqinida aksiya o‘tqazdi va musulmonlarning muqaddas kitobi Qur’on nusxasini tepdi. Keyinchalik Daniya poytaxti Kopengagendagi Iroq elchixonasi oldida ham o‘ta millatchi “Daniyalik vatanparvarlar” guruhi vakillari miting o‘tkazib, Qur’on kitobini yoqib yubordi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Qur'on To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing