To‘qayev va Putin bir-biriga mutlaq ishonmaydi – Rabbimov

Olam

image

Qozog‘istonda o‘tgan prezident saylovidan keyin Prezident Qosim-Jomart To‘qayev ilk xorijiy tashrifni Rossiyaga amalga oshirishi – tinchlantirish tashrifi. Qolaversa, To‘qayev Putinni sazoyi qilmaslik uchun ham uning Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston ishtirokida ittifoq tuzish taklifiga rozi bo‘lgan. Bu haqda o‘zbekistonlik siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov o‘zining Telegram’dagi kanalida yozib chiqdi. 

“To‘qayevning Rossiyaga tashrifini chuqurroq tushunish muhim. Keyingi uch yil davomida, To‘qayev va Putinning munosabatlari sovuq, ular o‘zaro bir-biriga mutlaq ishonmaydi. Lekin, diplomatik mulozamat qilishga majbur. Putin Ukraina bilan band. Qozog‘istonga ikkinchi frontni ocha olmaydi. Resurs yetmaydi. To‘qayev ham saylovdan keyingi o‘zining birinchi tashrifini Rossiyadan boshladi. 

Bu “tinchlantirish tashrifi” deyiladi: tinchlan, men senga dushman emasman, men senga qarshi bormayman. Agar o‘zing meni xududim va mustaqilligimni hurmat qilsang, dushman bo‘lmaymiz”, deydi Rabbimov.

Siyosatshunosning ta’kidlashicha,  Qozog‘iston elitasi Putinning siyosiy umri katta tezlikda qisqarib borayotganini yaxshi tushunadi. Shu bois u sarosimaga tushgan payt, uni qahr-g‘azabini Qozog‘istonga yo‘nalishiga imkon bermaslik kerak. 

“Moskvaga borib, Putinni tinchlantirish muhim edi. Endi, Moskva tomonidan “keling, uchlik ittifoqi tuzaylik!” degan taklifga, To‘qayev “yo‘q” deb javob bersa, mehmonga borib mezbonni yana sazoyi qilgan bo‘ladi. 

O‘tgan safar Piterda Putinning yonida o‘tirib “men seni DXR va LXRlaringni tan olmayman!” degani haliga qadar Putinni asabiga tegadi. Shuning uchun, bu safar ham Putinni asabiylashtirmaslik uchun “ha, mayli, bo‘lsa bo‘la qolsin shu ittifoq!” deb qutildi. Lekin, bu ittifoq Qozog‘istonga og‘ir yuk bo‘ladi, buni To‘qayev yaxshi tushunadi”, deydi Rabbimov.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

320

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing