To‘qayev Ukrainaga tahdid tug‘diruvchilar bazasiga kiritildi

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev “Rossiyaning 2014 yilda Ukrainaga bo‘lgan tajovuzini rasmiy ravishda inkor etgani” uchun Ukrainaning “Mirotvorets” (“Tinchlikparvar”) veb-sayti ma’lumotlar bazasiga kiritildi. Ushbu saytda faoliyati Ukraina xavfsizligiga tahdid deb hisoblangan jamoat arboblari va tashkilotlarning ma’lumotlari joylashtiriladi.

Saytda To‘qayevning 2019 yilda Deutsche Welle’ga bergan intervyusidan iqtibos keltirilgan, unda u Qozog‘iston “Qrimda sodir bo‘lgan voqealarni anneksiya deb hisoblamasligini” aytgan. Shuningdek, u “Rossiya rahbariyatining donoligi va durustligiga ishonishini” aytdi.

30 sentyabr kuni Prezident Vladimir Putin Ukrainaning Donbass mintaqasida separatistlar tuzgan va tan olinmagan DXR va LXRni, shuningdek, Ukrainaning Zaporoje va Xerson viloyatlarining Rossiya nazoratidagi bo‘linmalarini RF tarkibiga kiritish to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladi. Qozog‘iston Prezidenti yangi hududlarni Rossiya tarkibiga qo‘shish masalasida “bu mamlakatlarning hududiy yaxlitligi tamoyillaridan kelib chiqadi”, deya o‘z pozitsiyasini bildirdi.

Bundan oldinroq To‘qayev Sankt-Peterburgdagi forumda DXR va LXRni tan olmasligini shaxsan Putinning o‘ziga aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

455

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing