To‘qayev Pashinyan bilan uchrashdi
Olam
−
15 aprel
2789Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bugun, 15 aprel kuni Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan uchrashdi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar berdi.
“Ushbu rasmiy tashrif alohida ahamiyat kasb etadi va ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishda muhim bosqichga yo‘l ochadi”, deyiladi xabarda.
Suhbat davomida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning barcha yo‘nalishlarida hamkorlikni oshirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlangan. Pashinyan o‘zaro munosabatlar jadal rivojlanayotganini alohida urg‘ulab, Armaniston-Qozog‘iston munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tarish uchun hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgan.
Suhbat chog‘ida To‘qayev va Pashinyan savdo-iqtisodiy, transport-tranzit, sarmoyaviy, mintaqaviy va madaniy-gumanitar hamkorlik masalalarini muhokama qilgan. Tomonlar mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratgan.
Tor doirada o‘tgan uchrashuv yakunida To‘qayev va Pashinyan Qozog‘iston va Armaniston o‘rtasidagi ko‘p tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash tarafdori ekanini tasdiqlagan.
Madina Otaboyeva
LiveBarchasi