To‘qayev Olmaotadagi fojia ortidan ta’ziya bildirdi

Olam

image

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Olmaotadagi yotoqxonadagi fojiaga munosabat bildirdi. 

Prezident Olmaotadagi yotoqxonada halok bo‘lgan Qozog‘iston va xorijiy davlatlar fuqarolarining oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etgan.

“Fojia uchun aybdorlar qonunga muvofiq javobgarlikka tortiladi. Hukumat va hokimlikka halok bo‘lganlarning oila a’zolariga yordam ko‘rsatish topshirildi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 30 noyabr kuni soat 05:33 atrofida Olmaota shahrining Adi Sharipov ko‘chasida joylashgan binoda yong‘in chiqdi. Favqulodda vaziyat vaqtida ichkarida 72 kishi bo‘lgan. Ularning aksariyati evakuatsiya qilingan. Qutqaruvchilar yetib kelgach, 13 kishining jasadi topilgan. Ulardan 9 nafari Qozog‘iston, ikki nafari O‘zbekiston va yana ikkisi Rossiya fuqarolari ekani aniqlandi. Shuningdek, ikki kishi shifoxonaga yetkazilgan. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, qurbon bo‘lganlar karbon monoksit (is gazi)dan zaharlanish oqibatida vafot etgan bo‘lishi mumkin. 

Yong‘in ortidan favqulodda holat sabablarini o‘rganish bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi.  

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va mamlakatning Qozog‘istondagi diplomatik vakolatxonalari yong‘in va unda ikki o‘zbekistonlik vafot etgani xususida bayonot bergani yo‘q. 


 


Maqola muallifi

Teglar

Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made