To‘qayev Mirziyoyevni Qozog‘istonga taklif qildi

Olam

image

Avvalroq, O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan uchrashgani haqida xabar bergan edik.

Uchrashuvda To‘qayev O‘zbekiston va Qozog‘iston munosabatlari pandemiyaga qaramay rivojlanib borayotganini ta’kidladi. U uchrashuv so‘nggida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy tilaklarini bildirib, uni Qozog‘istonga taklif qildi.

“Qozog‘iston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga eng yaxshi tilaklari bildirdi va O‘zbekiston rahbari epidemiologik vaziyat yaxshilanishi bilan Qozog‘istonga tashrif buyurishiga ishonch bildirdi”, deyiladi Oqo‘rda xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Abdulaziz Komilov Prezident To‘qayevga Shavkat Mirziyoyevning maktubini yetkazdi. Xatda Qozog‘iston rahbaridan Toshkent shahrida xalqaro konferensiyani o‘tkazishda qo‘llab-quvvatlash so‘ralgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Qozog'iston

Baholaganlar

124

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing