To‘qayev Lukashenkoning taklifini rad etdi
Olam
−
29 may 2023
17342Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenkoning taklifiga izoh berar ekan, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) kabi birlashma mavjud bo‘lgani uchun respublika Ittifoq davlatiga qo‘shilishi shart emasligini bildirdi. Bu haqda u bugun, 29 may kuni Shimoliy Qozog‘iston viloyatiga ishchi safari doirasida aytib o‘tdi.
“Lukashenko Qozog‘istonga Ittifoq davlatiga qo‘shilishni taklif qildi. Men uning hazilini yuqori baholadim. Menimcha, buning hojati yo‘q, chunki boshqa integratsiya birlashmalari, birinchi navbatda, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mavjud”, degan To‘qayev.
Shuningdek, Qozog‘iston rahbari mamlakatga yadro quroli kerak emasligi, chunki Ostona “Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risida”gi shartnoma va “Yadroviy sinovlarni taqiqlash to‘g‘risida”gi shartnomaga qo‘shilgan.
“Biz ushbu xalqaro hujjatlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarimiz bo‘yicha sodiq qolamiz”, deb tushuntirgan To‘qayev.
Uning ta’kidlashicha, YeOII birinchi navbatda, iqtisodiy o‘zaro hamkorlik, integratsiya masalalari bilan shug‘ullanishi zarur.
“Yagona tovar bozorini yaratish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirishimiz kerak. Qozog‘istonlik yuk tashuvchilar ham Rossiya bozoriga, ham uchinchi davlat bozorlariga yuklarni erkin va foydali tashish uchun Rossiya hududidagi ichki temir yo‘l tariflaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Yana bir marta takrorlayman: YeOIIda, birinchi navbatda, iqtisodiy integratsiya masalalari bilan shug‘ullanish kerak, boshqa narsalar keyingi o‘rinda turadi”, deydi Qozog‘iston Prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Lukashenko “Moskva. Kreml. Putin” dasturiga bergan intervyusida Qozog‘istonga Belarus va Rossiya o‘rtasidagi ittifoqqa qo‘shilishni taklif qilgandi. Lukashenko ana o‘shanda “hamma uchun yadroviy qurol bo‘lishi”ni aytdi. 24 may kuni esa Qozog‘iston Prezidenti Ikkinchi Yevroosiyo iqtisodiy forumining yalpi majlisida YeOII tarkibida ittifoq davlati shaklidagi integratsiya mavjudligiga e’tibor qaratgandi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya va Belarus ittifoq davlati doirasidagi o‘zaro hamkorlik Armaniston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston bilan integratsiya darajasidan farq qiladi. Hatto yadroviy qurol ham ikki davlatga bitta hisoblanadi.