To‘qayev Qozog‘istonda AES qurilishini ovozga qo‘ymoqchi

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev mamlakatda atom elektr stansiyasi qurishni ovozga qo‘yish uchun referendum o‘tkazishni taklif qildi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sahifasida xabar berildi.

Unga ko‘ra, To‘qayev bugun, 1 sentyabr kuni Qozog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq parlamentning VIII chaqiriq ikkinchi sessiyasida aholiga murojaat bilan chiqdi. Mamlakat Prezidenti o‘z nutqida Qozog‘istonning energetika salohiyati, sohada erishilgan muvaffaqiyatlar va kelajakdagi rejalar haqida gapirar ekan, AES qurilishi rivojlanib borayotgan mamlakat uchun muhimligini aytib o‘tdi. 

“Atom energetikasini rivojlantirish ayniqsa muhim iqtisodiy va siyosiy masala bo‘ldi. Mamlakatimizda atom elektr stansiyasini qurish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida turli xil fikrlar mavjudligini bilasiz. Bir tomondan, Qozog‘iston dunyodagi eng yirik uran ishlab chiqaruvchisi sifatida o‘zining atom avlodiga ega bo‘lishi kerak. Ba’zi mutaxassislar kichik reaktorli stansiyalar qurish tarafdori. Boshqa tomondan, ko‘plab fuqarolar va bir qator mutaxassislar atom elektr stansiyalari xavfsizligi bilan bog‘liq muammolarga duch kelishyapti. Va bu Semipalatinsk yadroviy poligonining fojiali merosini hisobga olgan holda tushunarli. Ushbu masala bo‘yicha jamoatchilik muhokamasini davom ettirish zarur”, degan u o‘z nutqida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AES qurilishi To‘qayev 2019 yilgi saylovoldi platformasida eng muhim strategik muammolar bo‘yicha qarorlar referendumlar orqali qabul qilinishi haqidagi va’dasining bir qismidir. 

“Atom elektr stansiyalarini qurish yoki buni rad etish mamlakatimiz kelajagi bilan bog‘liq juda muhim masala”, degan u.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston o‘zining birinchi atom elektr stansiyasini Olmaota viloyatining Jambil tumanidagi Ulken qishlog‘i hududida – Toshkentdan 700 km uzoqlikda qurishni rejalashtirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing