To‘qayev “qonli yanvar” qurbonlari uchun Qur’on tilovat qildi

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bugun, 5 yanvar kuni respublikada bir yil avval sodir bo‘lgan tartibsizliklar qurbonlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi. 

“Prezident Qosim-Jomart To‘qayev Ostonadagi “Hazrat Sulton” masjidiga tashrif buyurib,  yanvar voqealari qurbonlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi”, deyiladi xabarda. 

O‘tgan yilning yanvar oyi boshida Qozog‘istonda tartibsizliklar bo‘lib o‘tdi, ularning ishtirokchilari politsiya va harbiylarga hujum qildi. Respublika Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev davlat to‘ntarishiga urinish haqida e’lon qildi va yordam so‘rab KXSHTga murojaat qildi. 7 yanvarga kelib vaziyat barqarorlashdi, 19 yanvardan butun mamlakat bo‘ylab favqulodda holat bekor qilindi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu voqealar natijasida 238 kishi halok bo‘lgan, 4,5 mingdan ortiq kishi jarohatlangan.


Maqola muallifi

Teglar

qonli yanvar'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing