To‘qayev qoldirilgan safariga ertaga boradi
Olam
−
19 avgust 2023
8012Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev joriy yilning 20-22 avgust kunlari rasmiy tashrif bilan Vetnamda bo‘ladi. Bu haqda “Tengrinews.kz” nashri xabar berdi.
Keltirilishicha, Qozog‘iston Prezidenti Vetnam Sotsialistik Respublikasi Prezidenti Vo Van Txiong taklifiga binoan mamlakat poytaxti Xanoyga boradi. Vetnam oliy rahbariyati bilan muzokaralar chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.
Bundan tashqari, Tokayev bir qator ishlab chiqarish korxonalariga tashrif buyurishni va Vetnamning yirik biznes vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, joriy yilning iyun oyida Qozog‘istonning Abay viloyatida yuz bergan keng ko‘lamli yong‘in tufayli Qosim-Jo‘mart To‘qayevning Vetnamga rasmiy tashrifi kechiktirildi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8 iyun kuni Qozog‘istonning Abay viloyatidagi Semey o‘rmon qo‘riqxonasida yirik yong‘in yuz berdi. Ushbu yong‘in oqibatida mamlakatda 14 kishi halok bo‘ldi. Yong‘inida halok bo‘lganlar xotirasiga12 iyun milliy motam kuni deb e’lon qilindi.
O‘sha kunning o‘zida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qilib, unga o‘rmon yong‘iniga qarshi kurashishda O‘zbekiston yordam ko‘rsatishga tayyorligini aytgan edi. Shuningdek, ushbu holat bo‘yicha jinoiy ish ochilgandi.
LiveBarchasi