Mirziyoyev To‘qayevga o‘rmon yong‘iniga qarshi kurashishda O‘zbekiston yordam ko‘rsatishga tayyorligini aytdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 12 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat avvalida Shavkat Mirziyoyev Abay viloyati hududida ro‘y bergan o‘rmon yong‘ini oqibatida insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Prezident Qosim-Jomart To‘qayev va qardosh Qozog‘iston xalqiga chuqur hamdardlik va dalda so‘zlarini izhor etgan. Shuningdek, tabiiy ofatga qarshi kurashish va uning oqibatlarini bartaraf etishda O‘zbekiston barcha zarur yordamni ko‘rsatishga tayyor ekani ta’kidlangan.

Qayd etilishicha, Prezidentlar O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalarini ham muhokama qilgan.

Muloqot davomida savdo, sanoat, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Bundan tashqari, mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8 iyun kuni Qozog‘istonning Rossiya bilan chegaradosh Abay viloyatidagi o‘rmonda yirik yong‘in yuz berdi. Ushbu yong‘in oqibatida mamlakatda 14 kishi halok bo‘ldi. Shuningdek, ushbu holat bo‘yicha jinoiy ish ochildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev o'rmon yong'ini Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made