To‘qayev qasamyod qildi
Olam
−
26 noyabr 2022
3789Bugun, 26 noyabr kuni Qosim-Jomart To‘qayev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishdi. Davlat rahbarining inauguratsiya marosimi Ostonadagi Mustaqillik saroyida bo‘lib o‘tdi.
Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi raisi Nurlan Abdirov Qosim-Jomart To‘qayevga Prezidentlik guvohnomasini topshirdi.
Qozog‘iston Asosiy qonunining 42-moddasiga muvofiq, davlat rahbari qasamyod qildi.
“Qozog‘iston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, Qozog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya qilishga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlashga, Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining o‘zimga yuklangan yuksak burchlarini vijdonan bajarishga qasamyod qilaman!”, defdi To‘qayev.
Prezident kuzatuvchilar va ekspertlarning fikricha, saylovlar adolatli va ochiq o‘tganini ta’kidladi.
To‘qayev davlat rahbarining navbatdan tashqari saylovi natijalarini uning siyosiy platformasini qo‘llab-quvvatlash va rejalar amalga oshirilishiga ishonch mandati sifatida baholadi.
“Qozoqlarda “amanat” degan olijanob tushuncha bor – ahd. Xalqning ishonchi menga ishonib topshirilgan omonatdir. Uni bajarish esa mening muqaddas burchimdir”, defdi siyosatchi.
U respublika AQSH, Yevropa Ittifoqi, Osiyo, Yaqin Sharq va Kavkaz davlatlari, shuningdek, barcha manfaatdor davlatlar bilan ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirishiga ishontirdi.
“Qozog‘istonning tashqi siyosatdagi ustuvorligi qo‘shnilari – Rossiya, Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari bilan strategik sheriklik bo‘lib qolmoqda. Qozog‘iston zamonaviy xalqaro huquq va BMT Nizomiga sodiq qoladi”, deydi Prezident.
Davlat rahbari jamiyatga nifoq soladigan, millat birligiga putur yetkazuvchi provokatsiyalarga keskin barham berilishiga ishontirdi.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari 20 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. To‘qayev nomzodi uchun 6 million 456 ming 393 saylovchi yoki saylovchilarning 81,31 foizi ovoz berdi.
LiveBarchasi