To‘qayev qachon qasamyod qabul qilishi aytildi

Olam

image

Qozog‘istondagi navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida Qosim-Jomart To‘qayev g‘alaba qozondi. Bugun, 22 noyabr kuni Markaziy saylov komissiyasida bo‘lib o‘tgan brifingda yangi saylangan prezidentning inauguratsiyasi shu hafta, 26 noyabr kuni bo‘lib o‘tishi ma’lum qilindi.

20 noyabr kuni Qozog‘istonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Markaziy saylov komissiyasining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, Qosim-Jomart To‘qayev 81,31 foiz ovoz bilan g‘alaba qozongan.  

“Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunning 3-moddasiga muvofiq, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti xalqqa quyidagi qasamyod qabul qilingan paytdan boshlab o‘z lavozimiga kirishadi:  

“Qozog‘iston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, Qozog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya qilishga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlashga, Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining o‘zimga yuklangan yuksak vazifalarini vijdonan bajarishga qasamyod qilaman”. 

Qasamyod matni Prezident tomonidan davlat tilida talaffuz qilinadi. 

Ilgari Qozog‘iston Prezidenti 5 yilga saylangan va birinchi muddat tugaganidan keyin qayta saylanishi mumkin edi. Endi mamlakatda bir martalik yetti yillik prezidentlik muddati mavjud. 

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda inauguratsiya marosimida To‘qayev qo‘lini Konstitutsiyaga qo‘yib, qasamyod so‘zlarini aytgan, Qozog‘iston bayrog‘ini o‘pgan va rasman prezidentlik guvohnomasini olgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

24

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing