To‘qayev ikki shifokorga vafotidan keyin “Mehnat Qahramoni” unvonini berdi
Olam
−
13 iyul 2020
6634Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev koronavirusga qarshi kurashda vafot etgan ikki shifokorga "Mehnat Qahramoni" unvonini berdi.
Bular:
Oleg Isayev – Kokshetau shahar ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘lim boshlig‘i;
Kalixan Kozbagarov – Aqto‘be viloyati yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi bosh shifokori.
“Qozog‘iston Respublikasi oldidagi buyuk xizmatlari, xizmat burchini bajarayotganda ko‘rsatgan fidokorligi uchun “Oltin yulduz" maxsus alohida belgisi va “Otan” ordeni bilan birgalikda “Qazaqstannың Yeңbek Yerі” oliy unvoni bilan mukofotlansin”, deyiladi farmonda.
Ma’lumot uchun, Qozog‘istonda koronavirus yuqtirganlar 59 899 nafarga yetdi. Ularning 34 190 nafari sog‘aygan va 375 nafari vafot etgan.
LiveBarchasi