To‘qayev Farrux Zokirovni taqdirladi

Madaniyat-san’at

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev O‘zbekiston va Qozog‘iston xalq artisti Farrux Zokirovni 80 yoshlik yubileyi bilan tabrikladi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar berdi. 

“Tabiiy iste’dodingiz, tuganmas hayotiy quvvatinggiz va noyob mehnatsevarligingiz tufayli siz butun dunyo bo‘ylab millionlab ijodingiz muxlislarining samimiy mehrini qozondingiz. Sizning san’atingiz ko‘p yillardan buyon turli avlod va millat vakillarini birlashtirib kelmoqda. Qozog‘istonda sizni takrorlanmas ovozingiz va butun bir davrning madaniy fenomeniga aylangan afsonaviy “Yalla” ansambli ijrosidagi mashhur qo‘shiqlaringiz uchun qadrlashadi”, deyiladi telegrammada.

Madaniyat va musiqa san’atini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi, shuningdek, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini mustahkamlagani uchun Qasim-Jomart Toqayev Farrux Zokirovni II darajali “Dostiq” (Do‘stlik) ordeni bilan taqdirlagan.

Ma’lumot uchun, Farrux Zokirov O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston, shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Tatariston, Boshqirdiston va Ingushetiya xalq artisti hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 15 aprel kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Farrux Zokirovning 80 yillik tavallud ayyomi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tgandi. Tadbirda o‘zbek milliy san’ati va madaniyatini rivojlantirish yo‘lidagi ko‘p yillik beqiyos xizmatlari uchun Farrux Zokirovga “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni topshirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Farrux Zokirov Qosim-Jomart To'qaev Yalla Dostыq ordeni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing