To‘qayev Erdo‘g‘anning inauguratsiya marosimida qatnashadi

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Turkiya yetakchisi Rajab Toyib Erdo‘g‘annning taklifiga binoan 3 iyun kuni amaliy tashrif bilan Anqaraga boradi. Bu haqda “Kazinform” xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, To‘qayev Erdo‘g‘anning inauguratsiya marosimida ishtirok etadi. Turkiya Prezidenti shu kundan boshlab rasman o‘z boshqaruvining uchinchi muddatini boshlaydi. 

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 28 may kuni Turkiyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi o‘tkazilgan va unda amaldagi Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an 52,18% ovoz bilan g‘alaba qozongandi. Keyinroq inauguratsiya marosimining ehtimoliy sanasi va unga taklif qilinadigan mehmonlar ro‘yxati tuzilayotgani ma’lum qilingandi. Shuningdek, Turkiya Prezidenti o‘zining g‘alabasini xorijlik mehmonlar bilan nishonlashi kutilayotgani aytilgandi. Pokistonning “Samaa” nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, mamlakat Bosh vaziri Shahboz Sharif ham inauguratsiya marosimida qatnashish uchun Turkiyaga taklif etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Erdo'g'an inauguratsiya To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made