To‘qayev dunyodagi vaziyatni “Sovuq urush” bilan qiyosladi

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev dunyoda yuzaga kelgan hozirgi vaziyatni “Sovuq urush”ning keskinlashgan davri bilan qiyosladi. Bu haqda u bugun, 16 mart kuni Qozog‘iston xalqiga murojaatida aytib o‘tdi.

To‘qayev mamlakatning davlatning barqarorligi va boshqaruvchanligini ta’minlash haqida so‘z yuritib, bu, ayniqsa, mamlakat ichida ro‘y berayotgan fundamental ijtimoiy siljishlar, shuningdek, geosiyosiy keskinlik kuchayib borayotgan bir sharoitda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlagan.

“Hozirgi xalqaro vaziyat ko‘p jihatdan “Sovuq urush”ning eng keskin bosqichlarini eslatadi. 

Ammo hozirgi vaziyatni o‘zining shiddatliligi, qattiq sanksiyalar qarama-qarshiligi va butun dunyo uchun oldindan aytib bo‘lmaydigan oqibatlari nuqtai nazaridan, mubolag‘asiz, misli ko‘rilmagan deb atash mumkin. Har holda, bu hech qachon sodir bo‘lmagan”, degan To‘qayev.

Eslatib o‘tamiz, To‘qayev qozoq xalqiga murojaatida davlat tuzilishida jiddiy o‘zgarishlar o‘tkazishni taklif qildi. Shulardan eng muhimlari super-prezidentlik boshqaruvidan voz kechish, parlamentning rolini oshirish va Prezident qarindoshlarining rasmiy lavozimlarni egallashini taqiqlash bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

126

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing