To‘qayev hukumat yangilanishini yakunlab, 4 viloyatga hokim tayinladi

Olam

image

Bugun, 5 sentyabr kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev hukumat a’zolarini tayinlash to‘g‘risidagi so‘nggi farmonni imzoladi. Yangilangan hukumat tarkibida hozir 26 kishi bor. Vazirlar Mahkamasi to‘qqizta yangi nom bilan to‘ldirildi, ularning qolgan lavozimlari saqlab qolindi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Alixon Smailov Bosh vazir bo‘lib qoldi, uning olti o‘rinbosari bor:

•  Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – Roman Sklyar;

•  Bosh vazir o‘rinbosari – Hukumat apparati rahbari – G‘alimjon Qo‘yshebayev;

•  Bosh vazir o‘rinbosari, Moliya vaziri – Yerulan Jamaubayev;

•  Bosh vazir o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri – Murat Nurtleu;

•  Bosh vazir o‘rinbosari – Serik Jumangarin;

•  Bosh vazir o‘rinbosari – Tamara Duysenova.

Vazirliklar soni 19 tadan 21 taga ko‘paydi (ro‘yxatda yuqorida tilga olingan vazirlar ham bor):

•  Mudofaa vazirligini Ruslan Jaqsiliqov boshqaradi;

•  Ichki ishlar vazirligi – Yerjan Sadenov;

•  Milliy iqtisodiyot vazirligi – Alibek Quantirov;

•  Qishloq xo‘jaligi vazirligi - Aydarbek Saparov;

•  Adliya vazirligi – Azamat Yeskarayev;

•  Fan va oliy ta’lim vazirligi – Sayasat Nurbek;

•  Sog‘liqni saqlash vazirligi – Ajar Giniyat;

•  Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi – Svetlana Jakupova;

•  Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligi – Bagdat Muksin;

•  Xalq ta’limi vazirligi – G‘ani Beysembayev;

•  Savdo va integratsiya vazirligi – Arman Shakkaliyev;

•  Energetika vazirligi – Almasadam Satkaliyev;

•  Favqulodda vaziyatlar vazirligi – Sirim Sharipxonov;

•  Ekologiya va tabiiy resurslar vazirligi – Yerlan Nisanbayev (qayta tashkil etilgan vazirlik, undan Suv xo‘jaligi va irrigatsiya vazirligi ajratilgan);

•  Sanoat va qurilish vazirligi – Qanat Sharlapayev (Sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vazirligidan qayta tashkil etilgan);

•  Transport vazirligi – Marat Qoraboyev (yangi vazirlik);

•  Turizm va sport vazirligi – Ermek Marjikpayev (ilgari boshqarma Madaniyat va sport ishlari vazirligi deb atalgan);

•  Madaniyat va axborot vazirligi – Aida Balayeva (yangi boshqarma, Axborot va ijtimoiy rivojlanish vazirligidan o‘zgartirildi);

•  Suv xo‘jaligi va irrigatsiya vazirligi – Nurjon Nurjigitov;

•  Moliya vazirligi – Yerulan Jamaubayev;

•  Tashqi ishlar vazirligi – Murat Nurtleu.

Bundan tashqari, Qozog‘istonning to‘rt viloyatiga yangi hokimlar tayinlangan:

  • 3 karra Osiyo chempioni, Sidneydagi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Asxat Shaxarov Aqto‘be viloyati hokimi etib tayinlandi, 2022 yildan Qozog‘iston Prezidenti ma’muriyatida davlat inspektori lavozimida ishlagan;
  • sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Yerbol Karashukeyev Jambil viloyati hokimi bo‘ldi;
  • Ichki ishlar vazirligining sobiq rahbari Marat Axmetjanov Oqmola viloyati hokimi etib tayinlandi;
  • Bungacha bosh vazir apparati rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan G‘abit Sizdikbekov respublika ahamiyatidagi Chimkent shahriga hokim etib tayinlandi.

Eng keksa vazir Yerlan Nisanboyev. U 62 yoshda. Eng yosh vazir esa Marat Qoraboyev – 36 yoshda.

Eslatib o‘tamiz, 1 sentyabr kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bir qator vazirliklar rahbarlarini egallab turgan lavozimlaridan ozod qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Vazirlar Mahkamasi i Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing