Tug‘uruqxonadagi ayolning o‘limi sababi ochiqlandi 

3-sahifa

image

Avvalroq Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida 26 yoshli homilador ayol tug‘uruqxonada to‘satdan vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayev mazkur holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi. 

Uning qayd etishicha, ayolning vafot etishiga nasliy xastalik, ya’ni arteriyalarning to‘satdan yorilishi sabab bo‘lgan. Sanayevning qo‘shimcha qilishicha, arteriyalarning to‘satdan yorilishi neyrofibromatoz (Reklingxauzen sindromi)ning asorati bo‘lib, aksariyat holatlarda o‘lim bilan yakunlanadi. 

Sud tibbiyot ekspertizasi dastlabki xulosasiga ko‘ra, marhumada homiladorlikka aloqador bo‘lmagan neyrofibromatoz xastaligi asoratlari oqibatida taloq arteriyasining, ichak tutqich tomirlarning spontan yorilishi to‘satdan o‘lim holatiga olib kelgan. 

“Holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar surishtiruv olib bormoqda. Yakuniy xulosa haqida qo‘shimcha xabar beriladi”, deydi Furqat Sanayev.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda egizak farzandlarni dunyoga keltirgan 19 yoshli ayol vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati Yangiyo'l tug'uruqxona homilador ayol nasliy xastalik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing