Tugatilgan Tog‘li Qorabog‘ning qamoqdagi rahbari Ozarbayjondagi saylovlarda ishtirok etmoqchi

Olam

image

Qorabog‘dagi ayirmachi xunta rejimi rahbari, hozirda Baku qamoqxonasida saqlanayotgan Araik Arutyunyan joriy yilning 7 fevral kuni Ozarbayjonda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun tegishli muassasalarga murojaat qildi. Bu haqda “Musavat.com” sayti xabar berdi.

O‘zini Ozarbayjon fuqarosi deb bilishini ta’kidlagan Arutyunyan bu safar Ozarbayjondagi saylovlarda ishtirok etishni so‘ragan.

Ozarbayjonlik ekspertning fikriga ko‘ra, Araikka saylov komissiyasi ijobiy javob bermaydi.

"Men javob yo‘q bo‘lishiga ishonaman. Araik kim? U hali Ozarbayjon fuqarosining hujjatini olmagan. Saylovga 4 kun qoldi. Ozarbayjon unga o‘sha sharoitlarni yaratib, bu masalani ijobiy hal etishiga ishonmayman. Oddiy qilib aytganda, Araik o‘z hayotini saqlab qolish uchun mas’uliyatdan qochish uchun armancha hiyla-nayrangidan foydalanmoqda", degan harbiy ekspert, zaxiradagi polkovnik Uzeyir Jafarov.

Qayd etilishicha, tergov ishi davom etayotgan Araik Arutyunyan va boshqa ayirmachi mahbuslar har hafta o‘z oilalari bilan telefon orqali gaplashadi, yaxshi ovqatlanadi va yaxshi sharoitda saqlanadi. Ta’kidlanishicha, Araik hibsga olingandan beri 10 kilogrammga semirgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning 3 oktyabr kuni Tog‘li Qorabog‘ning sobiq rahbari Arutyunyan terrorizmda ayblanib, qo‘lga olingan edi. Shuningdek, Ozarbayjon hukumati sobiq tashqi ishlar vaziri va tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi prezidentining sobiq yordamchisi David Babayan va Qorabog‘dagi arman qo‘shinlari qo‘mondoni sobiq o‘rinbosari David Manukyan hamda hukumatning sobiq rahbari Ruben Vardanya, Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasining sobiq rahbarlari Arkadiy Gukasyan va Bako Saakyannning hibsga olinganini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon saylov Qorabog' Araik Arutyunyan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing