Tugatilgan Tog‘li Qorabog‘ning sobiq TIV rahbari hibsga olindi

Olam

image

Ozarbayjon huquq-tartibot idoralari sobiq tashqi ishlar vaziri va tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ rahbari maslahatchisi David Babayanni qo‘lga olib, tergovga topshirdi. Bu haqda “Interfax” xabar berdi.

Aniqlanishicha, David Babayan milliy adovat va nafrat uyg‘otish maqsadida jinoiy hamjamiyatning bir qismi sifatida terrorchilik guruhlari faoliyatini muvofiqlashtirish bilan shug‘ullangan.

Bundan tashqari, Babayan milliy adovat asosidagi terrorizm, tinch aholini qasddan o‘ldirish va jarohatlash bilan bog‘liq jinoyatlar uyushtirgani haqida jiddiy shubhalar aniqlangan.

Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, Babayan 2020 yil 17oktabrda Ozarbayjonning Ganja shahrining himoyalanmagan va tinch aholi punktlari va qurolsizlantirilgan hududlariga qarshi ballistik raketalarni qo‘llashda ishtirok etgan.

Hozirda Babayan Ozarbayjon Davlat xavfsizlik xizmati tergov izolyatorida saqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ozarbayjon chegarachilari tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi hukumatining sobiq rahbari Ruben Vardanyanni Armaniston hududiga o‘tmoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olgandi.

Avvalroq tan olinmagan respublika rahbari Samvel Shahramanyan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi tugatilgani haqida farmon imzolagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Armaniston David Babayan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing