Sukerberg jiu-jitsu ko‘k belbog‘ini qo‘lga kiritdi

Sport

image

Meta kompaniyasi rahbari Mark Sukerberg ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama bo‘layotgan milliarder Ilon Maskga qarshi jang fonida Braziliyaning eng ommabop hisoblangan jiu-jitsu yakkakurash turi bo‘yicha ko‘k belbog‘ni qo‘lga kiritdi. Bu haqda milliarder Instagram sahifasida ma’lum qildi.

“Murabbiyim Deyv Kamarilloni 5-darajali qora belbog‘ bilan tabriklayman. Men u bilan mashg‘ulotlar davomida kurash va hayot haqida ko‘p narsalarni o‘rgandim. Shu bilan birga, ko‘k belbog‘ni olish men uchun sharaf”, deydi Mark Sukerberg.

Aytish joizki, ko‘k belbog‘ jiu-jitsu iyerarxiyasida ikkinchi o‘rinda turadi. Mazkur sport turida eng ahamiyatli natija 10-darajali qizil belbog‘ hisoblanadi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq dunyoning eng ko‘zga ko‘ringan texnogigantlari – Meta va Twitter'ning egalari Mark Sukerberg hamda Ilon Mask o‘rtasida kechayotgan texnologik “jang” tobora avj olib borayotgan bir vaqtda ular MMA sporti bo‘yicha ham o‘zaro bahslashishga kelishib olgan edi. Shundan so‘ng, milliarderlarning har ikkalasi mashxur sportchilar hamrohligida mashg‘ulotlarga kirisha boshladi. Avvaliga Ilon Mask Sukerbergga qarshi jangga UFC afsonasi Jorj Sen-Per, jiu-jitsu murabbiyi Jon Danaxer va podkaster Leks Fridman bilan birga tayyorgarlik ko‘ra boshlagandi. Keyinchalik Sukerberg UFC chempionlari Israel Adesanya va Aleksandr Volkanovski bilan jiddiy mashg‘ulot o‘tkazdi


Maqola muallifi

Teglar

Ilon Mask Mark Tsukerberg jiu-jitsu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing