Sukerberg va uning rafiqasiga sud ishi ochildi
Olam
−
28 Oktabr 2021 8931 1 daqiqa
Facebook asoschisi Mark Sukerberg va uning rafiqasi Prissilla Changa tegishli kompaniyalardan birining sobiq xodimlari ularni sudga berdi. Bu haqda sud hujjatlariga tayanib xabar berilgan.
Da’vo qurbonlar ishlagan tuzilmalar ichidagi ta’qiblarga ishora qiladi. Ta’kidlanishicha, Sukerbergning oilaviy kompaniyasida ishlagan ikki xodim boshqa xodimlarni jinsiy zo‘ravonlik va diskriminatsiyaga aloqadorlikda ayblamoqda.
Qayd etilishicha, Sukerbergning eng yirik kompaniyasi bo‘lgan Facebook da’voga aloqador emas. Materialda Sukerberg va uning rafiqasi qo‘l ostidagilarni shaxsan ta’qib qilgani haqida hech narsa aytilmagan, ammo ular da’voda ayblanuvchilardir.
Shu bilan birga, Sukerbergning rafiqasining matbuot kotibi ayblovlarni isbotlab bo‘lmasligini aytgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu ish bo‘yicha hali sud majlisi belgilanmagan.
Avvalroq, Facebook kompaniyasi o‘z nomini o‘zgartirmoqchi ekani haqida xabar bergandik.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025