Sukerberg professional jangchi bilan kuch sinashdi (video)

Sport

image

Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Sukerberg ijtimoiy tarmoqlarda o‘zining MMA mashg‘ulotlari aks etgan videoni joylashtirdi. 

Qayd etish kerakki, professional jangchi Xay Vu milliarderga sparring sherik sifatida harakat qilgan. Video davomida Markning harakatlaridan ma’lum bo‘ladiki, u MMA zaliga birinchi bor tashrif buyurmagan. Ya’ni, Sukerberg nafaqat omadli biznesmen, balki yaxshigina sport ustasi ekanligini ko‘rish mumkin.

Markning ushbu posti MMA olamining yulduzlari e’tiboriga tushdi. Amerikalik ishbilarmonning posti ostiga ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor izoh qoldirgan.

“Ux! Juda yaxshi, Mark”, degan irlandiyalik jangchi.

Shuningdek, amerikalik stend-uper va UFC sharhlovchisi Jo Rogan ham Sukerbergning MMA'dagi darajasidan hayratda qolganini aytib o‘tgan.

“Bu ajoyib! Men buni ko‘rganimdan juda xursandman. Sukerbergning jismoniy mashqlari viqorli ko‘rinyapti!”, deya yozgan Rogan.

Ma’lumot uchun, Mark Sukerberg 2021 yilning 28 oktyabrida Meta deb nomlangan Amerika transmilliy xolding kompaniyasiga  (ushbu xolding ichiga  Facebook, Instagram, WhatsApp va Oculus kiradi) asos soldi. Meta AQSHning eng yirik texnologik kompaniyalaridan  (Amazon, Google, Apple va Microsoft bilan birgalikda) biri hisoblanadi. 2020 yilda kompaniyaning sof daromadi 29,1 milliard dollarni tashkil etgan. Hozirda ushbu xolding rivoji uchun 60 mingga yaqin inson mehnat qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Mark Tsukerberg

Baholaganlar

172

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing