Sukerberg “Milliarderlar bunkeri”dan 170 mln dollarlik uy sotib oldi

Bu qiziq

image

Meta kompaniyasi bosh direktori Mark Sukerberg AQSHning Mayami shtatidan 170 million dollarga hashamatli villa xarid qildi. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, bu summa Mayami tarixidagi eng qimmat uy savdosi hisoblanadi. AQSH bo‘yicha bundan qimmatroq bitim faqat 2019 yilda milliarder Ken Griffin tomonidan Nyu-Yorkdagi kvartira uchun to‘langan 238 million dollar hisoblanadi.

Uyning avvalgi egalari – jarroh Aaron Rollins va uning rafiqasi mazkur mulkni 2020 yilda 30 million dollarga sotib olib, bir necha yil davomida qasrni qurgan. Dastlab uy 200 million dollarga sotuvga qo‘yilgan, biroq Sukerberg uni arzonroq narxda xarid qilgan.

Taxminan 2800 kvadrat metr maydonni egallagan villada sport zali, go‘zallik saloni, massaj xonasi, maxfiy yo‘lakli kutubxona, ziyofat zali va katta akvarium mavjud. Qurilish ishlari yakunlangan bo‘lsada, ayrim pardozlash ishlari hali tugallanmagan.

Mulk Mayamidagi Indian Creek nomli yopiq va qo‘riqlanadigan hududda joylashgan. Ushbu sun’iy orol 41 ta suv bo‘yidagi hashamatli uy-joydan iborat bo‘lib, ommaviy axborot vositalarida “Milliarderlar bunkeri” deb ataladi.

Sukerbergning qo‘shnilari orasida Amazon asoschisi Jeff Bezos, investor Karl Ikan, NFL yulduzi Tom Bredi, model Adriana Lima hamda Ivanka Tramp va Jared Kushner bor. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026 yilgi dunyoning eng boy odamlari ro‘yxati e’lon qilingandi. Ularning jami sarmoyasi taxminan 3,8 trillion dollarni tashkil etgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Meta Mark Tsukerberg Mayami “Milliarderlar bunkeri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing