SSKA tarixiy g‘alabasining 20 yilligiga UEFA amaldorlarini taklif qilmadi
Sport
−
02 may 2025 4063 1 daqiqa
SSKA rahbariyati klubning UEFA kubogidagi g‘alabasining 20 yilligiga bag‘ishlangan gala-o‘yinga UEFA mutasaddilarini taklif qilishni rejalashtirmayapti. Bu haqda klub bosh direktori Roman Babayev ma’lum qildi.
“Avvalo, maydondagi o‘yinlarda ishtirok etgan futbolchilarni taklif qilamiz. Rasmiylarga hurmat bilan aytaman, bunday rejamiz yo‘q”, deydi Babayev.
SSKA-2005 va UEFA kubogi terma jamoasi o‘rtasidagi o‘yin 18 may kuni Moskvada bo‘lib o‘tadi. Start hushtagi Toshkent vaqti bilan 18:30 da yangraydi.
Bo‘lajak bahsda “armiyachilar” safida Igor Akinfeyev, Aleksey va Vasiliy Berezutskiy, Milosh Krasich, Ivitsa Olich va boshqalar o‘ynashi, Valeriy Gazzayev esa jamoani boshqarishi malum bo‘lgdi. Raqib jamoa SSKA 2005 yilgi UEFA kubogida o‘ynagan klublar vakillaridan iborat bo‘ladi: “Chelsi”, “Benfika”, “Parma”, “Oser”, PSJ, “Partizan” va “Portu”.
Live
Barchasi