Sitrus mevalar uchun boj imtiyozi uzaytirilishi mumkin
Jamiyat
−
28 aprel 2022
5503O‘zbekistonda sitrus mevalari uchun boj imtiyozlari yil oxirigacha uzaytirilishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyev ma’lum qildi.
Deputatning manbalarga tayanib yozishicha, banan, ananas va boshqa sitruslar uchun bojdan ozod qilish bo‘yicha joriy yilning 1 mayiga qadar berilgan imtiyozlar muddati yil oxirigacha uzaytirilishi mumkin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu imtiyoz aholining xarid qobiliyatini oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, inflatsiya darajasini 10-12 foiz atrofida ushlab turish imkonini beradi.
Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 7 oktyabrdagi “Aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash va ichki bozorda narxlar barqarorligini saqlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori bilan avokado, mango, kivi va boshqa mevalar bojxona bojidan ozod qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, o‘simlik yog‘i, go‘sht va kartoshka mahsulotlari importi hamda realizatsiyasi uchun qo‘shimcha qiymat solig‘idan (QQS) berilgan imtiyozlar muddati 2022 yil 31 dekabrgacha uzaytirilmoqda.
LiveBarchasi