Toshkent viloyatida bloger tig‘li buyumlar bilan bolalarni urishtirdi (video)
3-sahifa
−
16 iyul 18304 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda “Chechenka” nomi bilan tanilgan bloger kichik yoshdagi bolalarni o‘zaro urishtirayotgani tasvirlangan video tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, blogerlik bilan shug‘ullanuvchi 1993 yilda tug‘ilgan A.G. ismli ayol joriy yilning 13 iyul kuni Toshkent viloyatida oilaviy dam olish vaqtida kichik yoshdagi o‘g‘li va jiyanini go‘yoki hazillashib urishtirgan va bu holat tasvirlangan videoni o‘z Instagram sahifasiga joylashtirgan. Videoda bolalar sanchqi, cho‘mich singari buyumlar bilan bir-biriga tashlangani, ayol esa ularni urishtirayotganini ko‘rish mumkin. Hatto bolalardan biri boshini ushlab yerga yiqilgan.
Ushbu holatni senator Jamila Bobonazarova qoralab chiqdi. Bolalar ombudsmanini “Chechenka”ni tekshirishga va vaziyatni nazoratga olishga chaqirdi.
Holat Bola huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan o‘rganilib, holatga huquqiy baho berish maqsadida 14 iyul kuni Ichki ishlar vazirligiga tegishli so‘rov yuborilgan. 15 iyul kuni fuqaro G.A. bola manfaatiga zid harakatlari uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi (bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatini bajarmaslik) bilan javobgarlikka tortilgan.
“Hozirda mazkur oila mutasaddilar tomonidan alohida nazoratga olingan”, deyiladi xabarda.
Live
Barchasi