“Apokalipsis elchilari”: Tramp xalqaro forumda Tunberg bilan bahslashdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp va shvetsiyalik ekofaol Greta Tunberg Davosda boshlangan Butunjahon iqtisodiy forumida sirtdan bahslashib olishdi. Bu yilgi Butunjahon iqtisodiy forumi iqtim muammolariga bag‘ishlangan. Bu haqda BBC xabar berdi.

AQSHni iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha Parij kelishuvidan chiqarib olgan Tramp nutqi davomida Amerika iqtisodiyoti gullab-yashnayotganini ta’kidlab, Yerda trillionta yangi daraxt ekish bo‘yicha global tashabbusga qo‘shilishini ma’lum qildi.

O‘tgan yili butun dunyo bo‘ylab ekoharakat ramzi va ruhlantiruvchisi bo‘lgan 17 yoshli ekofaol Greta Tunberg faqatgina yangi daraxt ekish bilan iqlim o‘zgarishlarini to‘xtatib bo‘lmasligini aytib, bahsga kirishdi.

Tramp “apokalipsis elchilari”ga yon berib, yig‘ilganlardan optimistik kayfiyatni saqlab qolishni so‘radi.

“Bu alarmistlar (bekordan bekorga vahima ko‘taruvchilar) hayotimizning har bir jabhasida hukmron bo‘lish, uni o‘zgartirish va nazorat qilish uchun doim bir narsani talab qiladi – mutlaq hokimiyat”, degan Tramp ayni bir ism keltirmagan holda.

O‘tgan yili maktabdagi o‘qishini tashlab, e’tiborini ekohimoyaga qaratishga qaror qilgan Greta kelgusi avlodni o‘ylashga chaqirgan.

“Qiziq, siz o‘z farzandlaringizga pand berganingiz va bila turib ularga iqlimiy fojiani qoldirayotganigizni qanday tushuntirasiz? U bilan kurashish iqtiodiyotga zarar, shuning uchun biz kelajakka yashash sharoitini saqlab qolishga harakat qilmaslikka qaror qildik, hatto kurashmasdan-a?”, deya dunyo yetakchilariga savol bergan Tunberg va “dunyo, agar siz payqamagan bo‘lsangiz, ayni vaqtda olov ichida”, deb esalatgan.

Eslatib o‘tamiz, Greta Tunberg o‘tgan yili BMT minbarida nutq so‘zlab, dunyo davlatlari yetakchilarini uning bolalaigini o‘g‘irlashda va ikkiyuzlamachilikda ayblagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Greta Tunberg ekologiya

Baholaganlar

115

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing