Transport vositalarini ijaraga berish osonlashtirilmoqda
Jamiyat
−
11 dekabr 2021
8990Avtomototransport vositalarini ijaraga berish shartnomalarini notarial tasdiqlash bekor qilinmoqda. Bu haqda kecha, 10 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida ko‘rib chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 565-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasida ko‘zda tutilgan.
Qayd etilishicha, amaldagi qonunchilik avtomototransport vositalarini ijaraga berish shartnomalari notarial tasdiqlashni talab etadi. Bu o‘z navbatida, avtomototransport vositalarini ijaraga berish sohasida aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining ortiqcha ovoragarchiligini keltirib chiqarmoqda.
Mazkur qonun loyihasi bilan avtomototransport vositalari elektron savdo platformasi orqali ijaraga berilganda, shartnomani notarial tartibda tasdiqlash talabi bekor qilinmoqda. Bu kabi shartnomalar oddiy yozma shaklda tuzilishi mumkinligi belgilab berilmoqda.
Deputatlarning ta’kidlashicha, qonun loyihasining qabul qilinishi bilan avtomototransport vositalarini ijaraga berish bilan bog‘liq munosabatlar yengillashadi, ijara bozori rivojlanadi. Shuningdek, avtomototransport vositalarini ijaraga berish sohasida aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining ortiqcha ovoragarchiligi, byurokratiyaning oldi olinadi.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.
LiveBarchasi