Namanganda 12 yashar qiz Damas g‘ildiraklari ostida halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Joriy yilning 6 dekabr kuni Namanganda 12 yoshli qiz yo‘l-transport hodisasi oqibatida qurbon bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

YTH 6 dekabr kuni soat 09:00 larda G‘urumsaroy-Xonobod-Chodak-Guliston yo‘lining 37 km.da yuz bergan. Pop tumani "Guliston" MFY hududida 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro Damas rusumli avtomobilni boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Pop tumanida yashagan, tumandagi maktabning 6-sinfida o‘qigan, 2009 yilda tug‘ilgan qizni urib yuborgan.

Natijada, piyoda olgan og‘ir tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan 6 dekabr kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Namangan

Baholaganlar

175

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing