Trampning siyosiy rejalari haqida ma’lumot berildi
Olam
−
01 mart 2021
2982"Fox News" AQSHning sobiq Prezidenti Donald Trampning siyosiy rejalari haqida ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, respublikachi bir qator ommaviy axborot vositalarining Trampning yangi siyosiy partiya tuzish rejalari haqidagi bayonotlarini rad etishni mo‘ljallamoqda.
Manbaning qo‘shimcha qilishicha, sobiq davlat rahbari bu haqda Florida shtatidagi AQSH konservativ doiralari konferensiyasidagi nutqi paytida gapirishni rejalashtirgan.
"Biz yangi partiyalar yaratayotganimiz yo‘q hamda quvvat va kuchimizni bo‘lishmoqchi emasmiz. Buning o‘rniga biz har qachongidan ham hamjihatroq va kuchliroq bo‘lamiz", degan Tramp.
Telekanalga ko‘ra, siyosatchining AQSH konservativ doiralari konferensiyasidagi chiqishi uning prezidentlik muddati tugaganidan keyingi birinchi nutqi bo‘ladi.