Trampning odami yana Putinning oldiga bordi
Olam
−
25 aprel
3177Bugun, 25 aprel kuni AQSH Prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoffning samolyoti Rossiyaning Vnukovo aeroportiga qo‘ndi. Bu haqda “Kommersant’” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Bombardier Global 7500 samolyoti Moskva vaqti bilan soat 9:40 atrofida Rossiya chegarasini kesib o‘tgan.
Parvoz yo‘nalishi AQSHning sharqiy qirg‘oqlari bo‘ylab amalga oshirilgan. U, xususan, Kanada, Grenlandiya va Islandiya janubidan uchib, Norvegiya, Shvetsiya va Latviyani kesib o‘tgan.
“Axios” nashriga ko‘ra, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va AQSH yetakchisining Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff o‘rtasidagi uchrashuv bugun, 25 aprel kuni bo‘lib o‘tishi mumkin.
Ushbu uchrashuv Donald Trampning inauguratsiya marosimidan beri to‘rtinchisi bo‘ladi.
“The Spectator ” nashrining yozishicha, Ukrainadagi mojarolarni hal qilish Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Uitkoffning Moskvadagi uchrashuvi natijalariga bog‘liq.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 aprel kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgdagi prezident kutubxonasi binosida Amerika yetakchisining maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan uchrashuv o‘tkazgandi. Uchrashuv to‘rt soatdan ko‘proq davom etgan. Suhbat yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tgan. Asosiy mavzu Ukrainadagi vaziyat edi.
LiveBarchasi