Trampning odami Tehronga borishi mumkin – WP
Olam
−
09 aprel 2456 2 daqiqa
AQSH Prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff taklifnoma olsa, Eron tomoni bilan uchrashish uchun Tehronga borishi mumkin. Bu haqda AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati rasmiylariga tayanib, “The Washington Post” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Uittkoff Eronni to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar olib borishga chaqiruvchi xabarlar yuborgan. Rasmiyning ta’kidlashicha, agar Ummonda rejalashtirilgan maslahatlashuvlar to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘lmasa, AQSH Prezidentining maxsus vakili unda qatnashmasligi mumkin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, har ikki tomonda chuqur ishonchsizlikni bartaraf etish uchun “to‘liq muhokama” va “aqllarning uchrashuvi” zarur.
Shu bilan birga, ikki amerikalik rasmiy Uitkoff taklif qilinsa, Tehronga borishi mumkinligini aytgan.
7 mart kuni Tramp Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyga yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar olib borishni taklif qilgan xabar yuborganini aytdi.
Mart oyi oxirida Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Tehron Trampning maktubiga javob yuborish uchun Ummondan vositachi sifatida foydalanganini aytdi.
Yozishmalardan so‘ng tomonlar maslahatlashuvlarning birinchi raundini 12 aprel kuni Ummonda o‘tkazishga kelishib olgani ma’lum bo‘lgan edi. Asosiy muzokarachilar Aroqchi va Uitkoff bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, AQSH Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Temmi Bryus kecha, 8 aprel kuni brifingda Ummonda AQSH va Eron delegatsiyalari ishtirokida o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirni muzokaralar emas, balki uchrashuv deb ta’riflash mumkinligini aytgandi.
Live
Barchasi