Trampning odami Rossiyaga boradi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘zining maxsus vakili Stiv Uitkoff Rossiyaga tashrif buyurishini e’lon qildi. Bu haqda u kecha, 31 iyul kuni Oq uyda jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida Uitkoffning xorijiy safarlari haqida savolga javob berar ekan bildirdi.

“U Isroilga ketmoqda, keyin esa ishonasizmi yo‘qmi Rossiyaga boradi,” deydi Tramp.

AQSH yetakchisi mazkur tashrif haqida boshqa ma’lumot bermagan.

Eslatib o‘tamiz, 14 iyul kuni Tramp Rossiyaga va uning savdo hamkorlariga nisbatan 100 foizlik ikkilamchi boj to‘lovlarini joriy etish bilan tahdid qilgan edi. Shuningdek, avvaliga Oq uy rahbari Rossiyaga harbiy harakatlarni to‘xtatish uchun 50 kunlik muddat bergan, biroq joriy yilning 28 iyul kuni bu muddatni 10-12 kungacha qisqartirgandi.

29 iyul kuni AQSH yetakchisi Rossiyaga bergan 10 kunlik ultimatum muddati 8 avgustda yakunlanishini aytdi. U Rossiya Prezidenti Vladimir Putindan umidlari oqlanmaganini bildirib, uning tahdidlariga javob bermaganidan noroziligini izhor etdi. Tramp Rossiyadan energiya resurslari xarid qilayotgan mamlakatlarga nisbatan ham 10 kunlik muddat tugagach ikkilamchi boj to‘lovlari joriy etishini va’da qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Donal'd Tramp Stiv Uitkoff

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing