Trampning maslahatchisi niqoblarni foydasizga chiqardi
Olam
−
19 Oktabr 2020
5444
AQSH Prezidenti maslahatchisi Skott Atlas Twitter'dagi sahifasiga koronavirusga qarshi kurashda himoya niqoblaridan foydalanishning samarasi haqida post joyladi. Twitter esa ushbu postni o‘chirib tashladi. Bu haqda NBC News xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, Atlas o‘z postida niqoblar koronavirus infeksiyasi xavfidan himoya qilmasligini ta’kidlagan.
"Niqoblar foydalimi? Yo‘q!" deb yozgan Atlas Twitter'dagi sahifasida.
Xabar joriy yilning 17 oktyabr kuni Twitter platformasida joylashtirilgan va ertasi kuni ertalab o‘chirib tashlangan.
Uning o‘rniga foydalanuvchilar "Ushbu tvit endi mavjud emas" degan yozuvni va postning nima uchun o‘chirilganligini tushuntiradigan havolani ko‘rishlari mumkin.
Ma’lumot uchun, AQSH Prezidenti Donald Tramp ham sog‘liqni saqlash mutaxassislarining niqoblar borasidagi qarama-qarshi ko‘rsatmalarini yoqtirmasligini ta’kidlagandi.
2 oktyabrga o‘tar kechasi esa AQSH rahbari o‘zi va rafiqasida koronavirus aniqlangani haqida ma’lum qilgandi.
Ma’lumot uchun, AQSH koronavirus tarqalishi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Kasallik yuqtirganlar soni 8 milliondan oshib ketgan. 220 mingdan ortiq kishi vafot etgan.
Dunyoda esa koronavirusga chalinganlar soni 40 milliondan oshgan. 1,11 milliondan ko‘p kishi virus qurboni bo‘lgan.
LiveBarchasi