Toshkentda aholiga ko‘chada niqob taqish tavsiya qilindi
Jamiyat
−
20 noyabr 2025 5508 1 daqiqa
O‘zgidromet Toshkent havosi ifloslanganligi to‘g‘risida ogohlantirdi. Bu haqda agentlik rasmiy sahifalarida xabar berdi.
Keltirilishicha, bugun, 20 noyabr kuni soat 9:00 holatiga ko‘ra, avtomatik kuzatuv stansiyalari Toshkentda havo sifati yomonlashganini qayd etgan. O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, mayda zarralar – PM2.5 konsentratsiyasi 202 mkg/m³ ga yetgan, bu me’yordan 3,4 baravar yuqori. PM10 ko‘rsatkichi esa 299 mkg/m³ bo‘lib, hali ruxsat etilgan chegarada qolmoqda.
AQAir portali reytingida bugun, 20 noyabr kuni soat 11:00 holatiga ko‘ra, Toshkent dunyodagi havosi eng ifloslangan shaharlar ro‘yxaida 3-o‘rinda qayd etilgan.
Mutaxassislar ifloslanishning ortishini, keskin harorat o‘zgarishlari tufayli yuzaga kelgan inversiya bilan bog‘liq ekanini aytmoqda. Bunday sharoitda zararli zarralar yerga yaqin havo qatlamida to‘planib qoladi.
O‘zgidromet poytaxt aholisi va mehmonlariga ochiq havoda bo‘lish vaqtini qisqartirishni va ko‘chaga chiqayotganda niqob taqishni tavsiya qilmoqda.
Komila Qobilova
Live
Barchasi