Trampning g‘alabasiga rekord summada pul tikildi
Olam
−
03 noyabr 2020
14976Buyuk Britaniyadan kelgan ishbilarmon va sobiq bankir AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Trampning saylovda g‘alaba qozonishiga 5 million dollar miqdorida garov tikdi. Bu haqda “Sun” nashri yozmoqda.
Ma’lum qilinishicha, u britaniyalik mutaxassislar bilan maslahatlashgandan so‘ng, Karib dengizidagi Kyurasao orolidagi xususiy bukmeker idoralari xizmatidan foydalangan holda garov tikkan. Agar Tramp saylovda g‘alaba qozonsa, britaniyalik tadbirkor deyarli 15 million dollar yutib olishi mumkin.
"Ushbu stavka haqida so‘z tarqaldi va biz bu siyosatdagi eng katta (stavka) deb o‘ylaymiz", deb yozmoqda nashr.
Eslatib o‘tamiz, AQSHdagi Prezidentlik saylovlari bugun, 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.