Trampning aqliy qobiliyat bo‘yicha test natijasi e’lon qilindi
Olam
−
14 aprel
10680AQSH Prezidenti Donald Tramp mutlaqo sog‘lom va u oliy bosh qo‘mondon va davlat rahbari vazifasini bajarishga tayyor. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt ma’lum qildi.
11 aprel kuni Prezident Tramp Walter Reed nomidagi milliy harbiy tibbiyot markazida tibbiy ko‘rikdan o‘tgan. Trampning o‘zi tekshiruvdan o‘tishi bilanoq kognitiv qobiliyat testida “barcha savollarga to‘g‘ri javob berganini” aytgan.
Test natijalriga ko‘ra, Tramp haqiqatdan ham o‘zi aytganidek mutlaqo sog‘lom.
“Prezident Tramp hali ham a’lo darajada sog‘lom bo‘lib, yurak, o‘pka, asab tizimi va umumiy jismoniy holatning yaxshi ishlashini namoyish etmoqda”, deyiladi hisobotda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq milliarder, X ijtimoiy tarmog‘i egasi Ilon Maskning biografi Set Abramson dunyoning eng boy odami aqlini yo‘qotib qo‘yishi mumkinligi haqida ogohlantirgandi.
LiveBarchasi