Trampni yo‘q qilish uchun o‘smir o‘zining ota-onasini o‘ldirdi

Olam

image

AQSHning Viskonsin shtatida yashovchi o‘smir mamlakat rahbari Donald Trampni o‘ldirish maqsadida ota-onasining pullariga ega bo‘lish ilinjida ularni o‘ldirdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘shaloq qotillik keyingi siyosiy suiqasdga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida sodir etilgan. Rasmiylarning fikricha, o‘smir AQSH rahbari Donald Trampni o‘ldirish va Amerika hukumatini ag‘darish rejasini amalga oshirish uchun pul olish va erkinlikka erishish maqsadida sodir etilgan.

Qotillik joriy yilning 11 fevral kuni Viskonsin shtatidagi Uokesho shahrida amalga oshirilgan. 1 mart kuni sherif idorasi o‘rinbosarlari 35 yoshli Tatyana Kasap va 51 yoshli Donald Mayerning jasadini topgan. Mart oyida Nikita Kasap Kanzasda qo‘lga olingan. U o‘ldirilgan o‘gay otasining mashinasini boshqargan va yonida o‘qotar qurol va 14 ming dollar naqd pul bo‘lgan.

O‘smirni qo‘lga olishdan oldin u Illinoys, Ayova, Nebraska, Vayoming va Kolorado shtatlarining chegaralarini kesib o‘tgan. Uni qo‘lga olgan politsiya xodimlari o‘g‘irlangan avtomashina ichidan o‘smirning o‘gay otasiga tegishli qurol, o‘q-dorilar va sarflangan snaryadlar, 14 ming dollar miqdoridagi naqd pul, onasining shu qiymatdagi zargarlik buyumlari, shuningdek, jabrlanuvchilarning haydovchilik guvohnomalarini topgan.

Tergov doirasida uning Ukraina va Rossiyada joylashgani taxmin qilingan foydalanuvchilar bilan aloqalari tahlil qilindi. Xabarlardan birida u chet elga ketishdan oldin qancha vaqt yashirinishi kerakligini so‘ragan, shuningdek, Ukrainaga ko‘chib o‘tish imkoniyatini muhokama qilgan.

ABC telekanalining sud hujjatlariga tayanib xabar berishicha, Kasapning asosiy maqsadi Trampni o‘ldirish bo‘lgan. Kasap Trampni “hukmron rejim ramzi” deb hisoblagan va uning lavozimidan chetlatilishi siyosiy inqirozni keltirib chiqarishiga umid qilgan.

Tergovga ko‘ra, Kasap neonatsistlar guruhining “To‘qqiz burchak ordeni” bilan bog‘liq bo‘lib, u satanizm, neonatsizm va anarxizm elementlarini birlashtirgan. Bu guruh zo‘ravonlik, irqiy urush va davlat tuzilmalarini yo‘q qilishga chaqiradi. FQBning ma’lum qilishicha, Kasap dron va portlovchi moddalardan masofadan foydalanishni tadqiq qilgan, asbob-uskunalarga buyurtma bergan va uning narxini qisman o‘zi to‘lagan.

Kasapga bir nechta ayblovlar qo‘yilgan: birinchi darajali ikki kishini o‘ldirish, jasadlarni yashirish, 10 ming dollardan ortiq mol-mulkni o‘g‘irlash, soxta hujjatlardan foydalanish, AQSH Prezidentiga suiqasd uyushtirish va ommaviy qirg‘in qurolidan foydalanishga urinish.

Dastlabki sud majlisi 2025 yilning 9 aprel kuni bo‘lib o‘tdi. Keyingisi esa 7 mayga belgilangan. Gumonlanuvchi hibsda, garov puli 1 million dollar qilib belgilangan. U ish bo‘yicha rasmiy bayonot bermagan va aybini tan olmagan. 

Donald Trampga suiqasd

Eron Trampga suiqasd uyushtirmasligini yozma tasdiqlagan – WSJ north_east

Eron Trampga suiqasd uyushtirmasligini yozma tasdiqlagan – WSJ

2024 yilning 13 iyul kuni ham Pensilvaniya shtatining Butler shahrida 20 yoshli Tomas Metyu Kruks Donald Tramp bilan miting o‘tkazilayotgan joy yaqinidagi binoning tomiga chiqib, o‘t ochishga muvaffaq bo‘lgandi. Kruks bir necha marta o‘q uzishga muvaffaq bo‘lganidan keyingina otishmachi politsiya snayperi tomonidan o‘ldirilgan.

O‘qlardan biri Donald Trampning qulog‘iga tegib, miting ishtirokchilaridan biri halok bo‘lgandi, yana ikki nafari yaralangandi.

Ushbu voqeadan o‘n kun o‘tib, AQSH maxfiy xizmati rahbari Kimberli Chitl iste’foga chiqdi.

Ikkinchi urinish 15 sentyabr kuni Floridadagi golf klubida sodir bo‘ldi. 58 yoshli Rayan Uesli Rut o‘sha paytda golf o‘ynayotgan Trampga miltiqni panjaradan o‘tkazdi. Tergov davomida prokuratura, uning fikricha, Trampga rejalashtirilgan suiqasd faktini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etdi. Gumonlanuvchining “Donald Trampga suiqasd uyushtirishga urinish”ga ishora qilgan xati, shuningdek, Tramp nutqlari sanalari va joylarining qo‘lyozma ro‘yxati topildi.

Hujum qilgani taxmin qilinayotgan shaxs hozircha o‘z aybini tan olmadi. Advokatlar uni garov evaziga qo‘yib yuborishga urinib ko‘rishdi. Uni umrbod qamoq jazosi kutmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp Tergov Tat'yana Kasap Kanzas Donal'd Maer Nikita Kasap

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing