Eron Trampga suiqasd uyushtirmasligini yozma tasdiqlagan – WSJ
Olam
−
16 noyabr
2020Eron joriy yilning oktyabr oyida AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyatiga o‘sha paytdagi prezidentlikka nomzod Donald Trampga suiqasd uyushtirishni rejalashtirmaganini yozma ravishda tasdiqlagan. Bu haqda amerikalik rasmiylarga tayanib, “The Wall Street Journal” nashri xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, ushbu maxfiy xabarlar almashinuvi Trampning saylovoldi kampaniyasi davomida Vashington va Tehron o‘rtasidagi keskinlikni kamaytirishga qaratilgan.
Joriy yilning 14 oktyabr kuni yuborilgan Eron xabari AQSH tomonidan sentyabr oyida Tehronga yo‘llangan yozma ogohlantirishga javob bo‘lgan. O‘sha xabarda AQSH rasmiylari Trampga qilingan tahdidlarni milliy xavfsizlik masalasi sifatida ko‘rib, uning hayotiga qilingan har qanday suiqasdni urush harakati sifatida baholashini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, saylovoldi kampaniyasi davomida Tramp ikki marta suiqasddan omon qoldi. Birinchisi joriy yilning 13 iyul kuni Pensilvaniyada bo‘lib o‘tgan saylovoldi tadbirida yuz berdi. Hujumni 20 yoshli qurolli shaxs amalga oshirdi va u hodisa joyida yo‘q qilindi. Ushbu suiqasd oqibatida Tramp qulog‘idan jarohat oldi. Ikkinchi hodisa esa ikki oy o‘tib, 15 sentyabr kuni Floridadagi golf-klubi yaqinida sodir bo‘ldi. Ushbu joyda 12 soat davomida Trampni poylab turgan qurollangan shaxs xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ushlangan.
LiveBarchasi