Trampga suiqasd qilishda gumonlanayotgan shaxs 20 yilga qamalishi mumkin

Olam

image

Respublikachilardan AQSH prezidentligiga nomzod Donald Trampga suiqasd uyushtirishda gumonlanayotgan shaxs o‘qotar qurol saqlashga qo‘yilgan taqiqni buzgani uchun 20 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi va 500 ming dollar jarimaga tortilishi mumkin. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi.

Federal qidiruv byurosining Florida shtatidagi sudga bergan bayonotiga ko‘ra, da’vogar sudga Rayan Uesli Rutga qarshi ayblovning ehtimoliy sababi sifatida jinoyatchining o‘qotar qurol va o‘q-dorilarga egalik qilish to‘g‘risidagi qonunlarni buzishi ekanligini ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, agar gumondor qurol saqlash qonunini buzganlikda aybdor deb topilsa, u 15 yillik qamoq jazosi va 250 ming dollar jarimaga tortilishi mumkin. Shuningdek, agar sud uni seriya raqami o‘chirilgan qurolga ega bo‘lganligi uchun qonunni buzganlikda aybdor deb topsa, u yana besh yil qamoq va xuddi shunday jarimaga tortilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp bo‘lgan golf maydonchasida unga yaqin masofada o‘q uzilgani va bu Trampga nisbatan suiqasd bo‘lishi mumkinligi xabar qilingan edi.
Shundan so‘ng, suiqasdni Gavayida yashovchi 58 yoshli Rayan Rut uyushtirishga uringani ma’lum bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp suiqasd Rayan Uesli Rut

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing