Trampda koronavirus alomatlari ko‘rina boshladi. Prezident shifoxonaga yotqizildi

Olam

image
Donald Tramp va uning rafiqasi koronavirusga chalindi north_east

Donald Tramp va uning rafiqasi koronavirusga chalindi

Trampning kasal bo‘lishi fond bozorlariga “bomba”dek tushdi north_east

Trampning kasal bo‘lishi fond bozorlariga “bomba”dek tushdi

Koronavirusga chalingan AQSH Prezidenti Donald Tramp harbiy shifoxonaga olib borildi. Shifokorlar ehtiyot chorasi sifatida shunday qilinganini aytmoqda. 

Oq uy vakilining so‘zlariga ko‘ra, Prezidentda koronavirusning yengil alomatlari namoyon bo‘la boshlagan. Tramp vertolayotda Merilend shtatidagi Uolter Rid Milliy harbiy-tibbiy markaziga olib borilgan. Prezident shifoxonaga ketganiga qaramay, mamlakat boshqaruvini vitse-prezident Maykl Pensga topshirmagan.

Prezident Twitter`dagi sahifasida qisqa video joyladi. Unda Tramp o‘ziga salomatlik tilaganlarga minnatdorlik bildirgan.

“O‘ylashimcha, meni ahvolim yaxshi. Ammo biz hammasi yaxshi ketayotganiga ishonch hosil qilmoqchimiz”, degan Tramp.

Oq uyda ma’lum qillinishicha, Tramp bir qator preparatlarni qabul qilyapti. U o‘zini holsiz his qilsa ham, ruhiy tomondan tetiklikni saqlab qolgan.

Prezident vertolyoti oldigacha o‘zi borgan va maskada bo‘lgan. U yon-atrofda turgan jurnalistlarga hech nima demagan, faqatgina bosh barmog‘ini tepaga ko‘targan.

Prezident Matbuot kotibi Keyli Makenanining so‘zlariga ko‘ra, Tramp bir necha kun shifoxonada qoladi. Shunga qaramay, u o‘z majburiyatlarini bajarishda davom etadi.

Shu bilan birga Prezidentning sobiq maslahatchisi Kellienn Konuey ham o‘zida koronavirus aniqlanganini ma’lum qilgan. U o‘tgan hafta shanba kuni Oq uyda o‘tkazilgan Emi Koni Barrett nomzodini Oliy sud sudyasi lavozimiga ko‘rsatish marosimida ishtirok etgandi. Shu marosimda qatnashgan senatorlar Mayk Li va Tom Tillis ham koronavirusga chalingan.

“Reuters” agentligi ma’lumotiga ko‘ra, Tramp zarurat tug‘ilgan zudlik bilan yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga yotqizilgan. Mutaxassislar 74 yoshli Tramp hozirgi ahvoli qoniqarli bo‘lishiga qaramay xavf guruhiga kirishidan ogohlantirgan. Bunga sabab uning yoshi va vazni.

Trampning saylovdagi raqibi Jo Bayden saylovoldi siyosiy reklamalardan Prezidentga qarshi qaratilgan reklamalarni olib turishga qaror qilgan.

Bayden Tramp va uning ravfiqasiga tezro tuzalib ketishni tilagan. Uning boshqa siyosiy raqibi sobiq Prezident Barak Obama ham Trampga salomatlik tilagan.

Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Rossiya rahbari Vladimir Putin va KXDR yetakchisi Kim Chen In Trampga tezroq tuzalib ketishini tiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp

Baholaganlar

219

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing