Trampning kasal bo‘lishi fond bozorlariga “bomba”dek tushdi

Olam

image

Kecha, 2 oktyabrning eng muhim yangiligi AQSH Prezidenti Donald Trampning koronavirusga chalingani bo‘ldi. Bu yangilik dunyo bozoriga jiddiy ta’sir o‘tkazdi.

Birinchilardan bo‘lib Tokio birjasi indeksi AQSHdan kelgan xabar ortidan bir foiz yo‘qotishga uchradi. Amerikaning o‘zida bu yangilik kotirovkalarning pasayishiga olib keldi. Neftning xalqaro narxi hamda NASDAQ va S&P 500 indekslari 2 foizga pasaydi. 

Yevropa bozorlari ham yo‘qotishlarga uchraganini ma’lum qildi. Euro Stoxx kecha tongda 1 foizga, Angliyaning FTSE 100 indeksi ham 1 foizga pasaydi. Osiyo bozorlarida ham pasayish kuzatilgan.

Rossiya fond bozorlari ham chetda qolmadi. RTS indeksi 1,6 foizga, Mosbirja indeksi 3 foizga tushib ketdi.

Bu o‘z navbatida rubl kursiga ham ta’sir qildi. 1 dollar 78,5 rublga, 1 yevro 92 rublgacha ko‘tarildi.

Brent markali neft narxi deyarli 5 foizga pasayib, bir barreli 39 dollarga teng bo‘lib qoldi.

Nega Tramning kasal bo‘lishi fond bozorlariga “quladi”?

Investorlar odatda beqarorlik va bozorlarda chayqalishlar bo‘lib turganda AQSH g‘aznachiligi obligatsiyalari kabi xavfsiz aktivlarni sotib oladi. O‘z navbatida ular xavfli deb hisoblangan har qanday aktivni sotadi. Masalan, rivojlanayotgan davlatlar valyutasi, neft va aksiyalar. Bozorlar so‘nggi haftalarda beqaror bo‘lib turgandi. Trampning kasal bo‘lishi vaziyatni keskinlashtirdi.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Donald Trampning eng yaqin yordamchisida koronavirus aniqlangach, davlat ravhbari va uning rafiqasi Melaniyada ham test musbat natija berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp fond bozori

Baholaganlar

243

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing